Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼul rahbarlari ishtirokida ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” dasturiga bagʻishlangan brifing boʻlib oʻtdi. Viloyatda faoliyat koʻrsatuvchi OAV xodimlari ishtirok etgan matbuot anjumani “Sirdaryo” telekanalida jonli efirda namoyish etildi.
Brifingda ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash va xizmatga qabul qilish tartibi, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, soʻngi vaqtlarda davlatimiz rahbari boshchiligida Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish masalalariga berilayotgan eʼtibor, ularga yaratilayotgan shart-sharoit hamda imtiyozlar, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligiga oid maʼlumotlar berildi.
Tadbirda OAV xodimlarining soha faoliyatiga doir savollariga javob berildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.