Namangan viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati rahbariyati tomonidan OAV vakillari hamda jurnalist, blogerlar, shuningdek, hokimlik va tashkilotlarning matbuot xizmati rahbarlari ishtirokida IIV Namangan akademik liseyida joylashgan “Jasorat” muzeyiga press-tur tashkil etildi.

Mehmonlar dastlab IIOning tarixi va buguni toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar beruvchi ekspozisiya hamda stendlar bilan tanishtirildi. Shundan soʻng muzeyda tashkil etilgan videozalda boshqarma Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan “Generallarni yetishtirgan diyor” nomli maxsus filʼm yigʻilganlarga namoyish etildi.

Press-tur doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurash va IIOda shaffoflikni taʼminlash” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Jurnalistlar tergov, profilaktika va yoʻl harakati xavfsizligi yoʻnalishlarida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish, bu borada fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish uchun hamkorlikda ish tashkil etishga kelishib olindi. 

Oʻz muxbirimiz, 

Namangan viloyati.