Jizzax shahrining “Koʻtarma” mahallasida yashovchi F.S. “Ittifoq” mahallasidagi kafeda uyali aloqa vositasini oʻgʻirlatib qoʻydi. Jabrlanuvchi bu toʻgʻrida ichki ishlar organlariga xabar bergach, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat fosh qilindi. Telefonni “Yoshlik” mahallasida yashovchi SH.U. oʻmargan ekan. Undan oʻgʻrilik buyum ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.