11- noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tadbir tashkil etildi. Viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Jonibek Davronov hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisi Sevara Hoshimova boshchiligida oʻtkazilgan tadbirda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi aʼzolari, shahar-tuman IIB boshliqlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari qatnashdi.

Tadbirda viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan shahodatlangan xodimlar va erkin yollangan ishchi-xizmatchilarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilayotgani aytib oʻtildi. Xususan, barcha bayram tadbirlarini koʻtarinki ruhda oʻtkazilishida birlashgan kasaba uyushmasi oʻz hissasini qoʻshib kelayotgani, xodimlar va ularning yaqin qarindoshlari sogʻligʻini tiklashida sanatoriylarga muntazam imtiyozli yoʻllanmalar berilayotgani eʼtirof etildi.

 Bayram munosabati bilan kasaba uyushmasining bir guruh faol aʼzolariga Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasining tashakkurnomasi, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Boris KLEYMAN,

oʻz muxbirimiz.

Andijon viloyati.