Forish tumanidagi qoʻshma korxonalardan birining ish boshqaruvchisi V.X.ning dam olish xonasidagi stol tortmasida turgan 110 million soʻm pulning 80 million soʻmi oʻgʻirlandi. Holat ichki ishlar organlariga maʼlum qilinishi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tezkor qidiruv tadbirlariga kirishildi. Forish tumani IIB TQX jinoyat qidiruv guruhi katta tezkor vakili, mayor Zohid Egamberdiyev jinoyatni fosh etishga muvaffaq boʻldi.

Ushbu qonunbuzarlikni sodir etgan Forish tumanining “Osmonsoy” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi N.N. hamda Zafarobod tumanining “Nurafshon” shaharcha fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi T.G.dan 80 million soʻm hujjatlashtirib olindi. 

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati.