Serjant Ergash Allambergenev 1980-yili Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2001-yil Toshkent shahar IIBB Kinologiya boʻlimidan boshlagan. Bugungi kunda Bektemir tumanida joylashgan Bektemir YPX maskanida oʻziga biriktirilgan “Nil” laqabli xizmat iti bilan giyohvand moddalarni qidirib topish yoʻnalishi boʻyicha ishlab kelmoqda.

 – Itlar bilan ishlashning oʻziga yarasha zavqi bor. Ular oʻziga yaqin olgan insonni yaxshi his qiladi. Jonivorni urish yaramaydi, muhim nuqtalarda sizdan qasos olishi mumkin, – deydi qahramonimiz. U xizmatim mobaynida hozirgi “Nil”ni ham hisoblaganda, 11 nafar xizmat iti tayyorlagan. 

Bugungi kunda toʻrt oyoqli koʻmakchisi bilan birga YPX maskanida sodir etilayotgan koʻplab qonunbuzarliklarning, xususan giyohvand moddalarni qidirib topishga qaratilgan reydlarda qatnashib, giyohvand moddalarini isteʼmol qiluvchilar hamda bu ogʻuni sotayotgan shaxslarni aniqlab, jinoyatlarning “issiq izida” fosh qilinishiga erishmoqdamiz. Jumladan, xizmat itim yordamida joriy yil boshidan hozirga qadar 40 ga yaqin jinoyatlarning ochilishiga yordamlashdi. 

Serjant Ergash Allambergenev faoliyati davomida koʻplab sertifikatlar va diplomlar bilan taqdirlangan. Bunda albatta, toʻrt oyoqli koʻmakchisi – “Nil”ning alohida oʻrni bor!