Inson oʻz umri davomida qanday kasb egasi boʻlishidan qatʼi nazar, Vatanga, xalqqa va kasbiga sodiqlik ruhi bilan yashasa, elu yurt ichida qadr topadi. Ana shunday soha fidoyilaridan biri – Toshkent shahar Mirobod tumani IIOFMB huzuridagi Tergov boʻlimi katta tergovchisi, mayor Jahongirjon Umarxodjayev.
Uning oʻz kasbiga mehri baland. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2011-yildan boshlagan qahramonimiz, xizmat davri mobaynida bir nechta murakkab jinoyatlarni sinchkovlik bilan oʻrganib, qonun ustuvorligini taʼminlagan. Shuningdek, hozirgi kunda tajribali tergovchi sifatida yosh xodimlarga ustozlik ham qilib kelmoqda.
Yaqinda u bir bosqinchilik jinoyatini tergov qilib, jazo muqarrarligini taʼminladi. Yaʼni, koʻchada 3 nafar kimsa, 2005-yilda tugʻilgan P.D.ni yoʻlini toʻsib, qoʻrqitib, narxi 4 million soʻmlik “Samsung A34” rusumli telefon apparatini tortib olib, voqea joyidan yashiringan. Zoʻravonlar qoʻlga olingan va qilmishlari yuzasidan tergov olib borilib, jinoyat ishi sudga taqdim etilgan.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.