Toshkent shahar IIBB Toshkent shahar IIBB maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Akmal Odilov ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda bosh boshqarma idora va tizimlarida xizmatni boshlagan yosh xodimlarga “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”ning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Har bir xodim ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilingan kundan eʼtiboran kodeks qoida va talablarini bilishi, ularga qatʼiy va soʻzsiz rioya qilishi, egallab turgan lavozimi va bajaradigan ishining xususiyatidan qatʼiy nazar unga barcha birdek amal qilishi lozimligi uqtirib oʻtildi.
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
