IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy hudud 13-son jazoni ijro etish koloniyasida "Intizom oyligi” doirasida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi, xodimlar maʼnaviyat marshrutiga kiruvchi Temuriylar tarixi davlat muzeyida boʻlishdi.
Yaqinda esa oʻqotar qurollarni toʻliqsiz qismlarga ajratish boʻyicha mashgʻulot oʻtkazildi. Oʻquv mashgʻuloti chogʻida shaxsiy tarkibga oʻqotar qurollardan foydalanish, ularni favqulodda hollarda qoʻllay bilish mahoratini oshirish boʻyicha ham tushunchalar berildi. Bu esa xodimlarning jangovar va kasbiy tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyatga ega boʻlishi shubhasiz.
Nizomiddin FAXRIDDINOV,
mayor.
