Toshkent shahar ichki ishlar organlarining iqtidorli va isteʼdodli yosh xodimlarini aniqlash, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish orqali ularning ijodiy, kasbiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda oʻz kasbining yetuk mutaxassisi boʻlishga, shuningdek zamonaviy bilimlarni egallashga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish maqsadida, poytaxt ichki ishlar organlari yosh xodimlari oʻrtasida kibersportning counter strike 2 turi boʻyicha chempionat oʻtkazildi. 

Chempionatda sohaviy xizmatlarda faoliyat yuritayotgan besh kishidan iborat xodimlar tashkil topgan, jami 41 ta jamoa ishtirok etdi. Qizgʻin va bahsli kechgan turnir yakuniga koʻra, 3-oʻrinni Mirobod tumani boʻyicha IIO FMB jamoasi, 2-oʻrinni Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik batalʼoni jamoasi, faxrli 1-oʻrinni va Respublika bosqichiga yoʻllanmani Yashnobod tumani boʻyicha IIO FMB jamoasi qoʻlga kiritishdi.

Gʻoliblar I, II, III darajali diplom hamda pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.

Oʻz muxbirimiz,

Toshkent shahri.