Furqat tumanidagi «Turon odob-ilm» nodavlat taʼlim muassasasida tahsil olayotgan oʻquvchilar orasida kelajakda huquq-tartibot organlarida xizmat qilishni maqsad qilgan yoshlar koʻpchilikni tashkil etadi. Shu boisdan, navbatdagi amaliy mashgʻulot tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda, bevosita boʻlim binosida tashkil etildi. 

Oʻquvchilar dastlab «Vatanparvarlik burchagi» va «Maʼrifat zali»dagi koʻrgazmalar bilan yaqindan tanishishdi. Shundan soʻng, tergovchilar tomonidan yoshlarga tuman hududida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning holati tahlil qilib berildi.

Ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari esa, boʻlimning moddiy-texnik vositalari, imkoniyatlari, ekspertizadan oʻtkazish tartib-qoidalari haqida batafsil maʼlumotlar berishdi. 

Shu kuni soha mutaxassislari tomonidan yoshlar oʻrtasida giyohvandlik, diniy aqidaparastlik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ham davra suhbatlari oʻtkazildi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.