Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qismda Toshkent shahar IIBB masʼul xodimi, leytenant I.Qoʻchqorov ishtirokida “Kiberjinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Harbiy qism shaxsiy tarkibi ishtirok etgan yigʻilishda soha mutaxassislari hozirgi kunda avj olayotgan, internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik va tovlamachiliklar haqida soʻz yuritdi. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari harbiy xizmatchilarni hamkorlikda harakat qilib, internet, ijtimoiy tarmoqlar orqali qilinayotgan jinoyatlarga birgalikda kurashishga chaqirdi. Buni amalga oshirishning birinchi samarali yoʻli – shaxsiy raqamlarni, kodlarni oshkor qilmaslik, begona shaxslarga bermaslik, doimo hushyor boʻlib, yaqinlarimiz va boshqalarning xavfsizligini taʼminlash ekanligi qayd etildi.

Yigʻilish yakunida hozirda keng tarqalgan internetdagi tovlamachiliklar yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar taqdim etildi.

Azamat Kurbanbayev,

shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi.