Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Yusupov Sardorbek Baxramovich tomonidan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasini tashkil etish” mavzusida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur tadbir oliy taʼlim muassasalarida kiberjinoyatchilikning barvaqt oldini olish, taʼlim oluvchilarning huquqiy ongi va kiberxavfsizlikka oid bilimlarini oshirishga qaratildi. Targʻibot jarayonida kiberjinoyatlarning asosiy shakllari, ularning huquqiy oqibatlari hamda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati yoritib berildi.

Oʻtkazilgan targʻibot ishlari kelgusida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda profilaktikaning samaradorligini oshirish, yoshlar oʻrtasida huquqiy madaniyat va axborot xavfsizligiga masʼuliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi.