Namangan viloyati IIB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Namangan shahrida joylash “Sardoba” bozori va “Megapolis” savdo majmuasida, aholining kibermadaniyatini yuksaltirishga va fuqarolar orasida kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan sotuvchi va xaridorlarga kiberjinoyat tushunchasi, bank kartasi maʼlumotlarini begonalarga bermaslik, turli soxta mukofotlar va aksiyalar haqidagi xabarlarga ishonmaslik boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
