Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va sanʼat fakulteti talabalari ishtirokida “Kiberjinoyatchilikning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda viloyat ichki ishlar organlari vakillari — viloyat IIB tergov boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, mayor S. Berdiyev, katta tergovchi, katta leytenant F. Sultonov, viloyat IIB ATSJQKB katta inspektori, kapitan X. Sotimov hamda universitet profilaktika inspektori O. Zokirov ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida mutaxassislar talabalarga kiberjinoyatchilikning turlari, internet tarmogʻida uchraydigan firibgarlik holatlari, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilish masalalari yuzasidan batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek, yoshlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda hushyor boʻlishga, shaxsiy maʼlumotlarni begona shaxslarga bermaslikka hamda turli shubhali havolalar va sahifalardan ehtiyot boʻlishga chaqirildi.

Oʻz muxbirimiz, 

Xorazm viloyati.