"Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi Namangan filiali" ishchi xodimlari ishtirokida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Namangan viloyati IIB rahbariyati va viloyat IIB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan ish jarayonida kiberxavfsizlik talablariga rioya qilish, kiberjinoyat tushunchasi, bank kartasi maʼlumotlarini begonalarga bermaslik, turli soxta mukofotlar va aksiyalar haqidagi xabarlarga ishonmaslik boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
