Joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab, respublika miqyosida, shu jumladan, Buxoro viloyatida ham “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targʻibot oyligi boshlandi. Mazkur oylik doirasidagi tadbirlar xususida keng jamoatchilikka maʼlumot berish maqsadida viloyat IIBda matbuot anjumani oʻtkazildi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik markazi masʼul xodimi, viloyat hokimligi va huquq tartibot organlari rahbarlari, taalluqli korxona va tashkilotlar masʼullari, Axborot xizmatlari xodimlari, Ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist hamda blogerlar ishtirok etishdi. Jarayonda oylik doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar xususida maʼlumotlar berildi.

Sh.JALOLOV, 

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.