Xabaringiz bor, “Xavfsiz kibermakon” tezkor-profilaktik tadbirlari butun mamlakatimiz boʻylab amalga oshirilmoqda. Toshkent viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida ham maxsus targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi kiberxavfsizlik boʻlimi mutaxassislari ishtirok etib, bugun dunyo boʻylab ommalashib borayotgan kiber jinoyatlardan koʻplab insonlar jabirlanib kelayotgani toʻgʻrisida toʻxtalib, hodimlarga kiber madaniyat, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, internetdan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrish hamda kiber hujumlardan saqlanish boʻyicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, insonlarning kiberfiribgarlik qurboniga aylanib qolishini oldini olish maqsadida aholi orasida targʻibot ishlarini olib borish, kiber hujumlarning salbiy oqibatlari boʻyicha xabardorligini oshirish, real hayotda uchrayotgan holatlar misolida tushuntirishlar olib borishni kuchaytirish lozimligi xususida toʻxtalib oʻtildi.
Tadbir davomida Toshkent viloyati shahar va tumanlarining aholi gavjum hududlarida maxsus flayerlar tarqatilib borilmoqda.
