IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda harbiy xizmatchilarning maʼnaviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Kitob olami” MChJ bilan hamkorlikda “Kitob – saodat kaliti” shiori ostida savdo yarmarkasi oʻtkazildi.
Tadbir avvalida IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari qoʻmondonligi katta ofitseri, mayor O.Mahmudov kitobning inson hayotidagi ahamiyati, barkamol avlodni tarbiyalashdagi roli haqida oʻz mulohazalarini bayon etdi. Shundan soʻng, harbiy xizmatchilar oʻzlari yoqtirgan oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara namunalarini xarid qilishdi.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
"Postda" muxbiri.
Наманган вилояти.
