Kitob inson maʼnaviyati va maʼrifatini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. Ayniqsa, osoyishtalik posbonlarining kitobga oshno tutinishi, ularning xizmat jarayonida, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yuksaltirishda judayam asqatadi. 

Kuni kecha Yakkasaroy tumani IIOFMBda ham navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi. Xodimlar yarmarkada 23 turdagi oʻzbek adabiyoti va 16 turdagi jahon adabiyotiga doir kitoblardan oʻzlari qiziqqanlarini tanlab olishdi.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.