#Bir_chimdim_kulgi
Harbiy xizmatda komandir oddiy askarga xonalarning derazalarini boʻyab qoʻyishni buyuribdi. Ikki soatdan keyin askar qaytib kelib: «Oʻrtoq komandir, derazaning romlarini ham boʻyash kerakmi?» deb soʻrabdi.
😄😄😄
Bir kishi parhezshunoz-shifokorga murojaat qilibdi:
– Doktor, zudlik bilan ozmasam boʻlmaydi. Menga judayam tez ozish usullarini tavsiya eta olasizmi?
– Nega unaqa deyapsiz? – soʻrabdi shifokor.
– Bugun gapiradigan tarozi sotib olgandim. Uyga olib kelib unga chiqsam, tarozi menga «Shoshilmay, bitta-bitta chiqinglar» deyapti.
😄😄😄
Bir kishi doʻkonga kirib “Koka-kola” ichimligini koʻrsatib:
– Sosa-sola qancha turadi? – deb soʻrabdi.
Sotuvchi:
– Bu sosa-sola emas. Ingliz tilida yozilgan, “Koka-kola” deb oʻqiladi, – debdi.
Shunda xaridor savatga terib qoʻyilgan somsaga ishora qilib:
– Ha, mayli, unda anavi komka qancha turadi, – dermish.
