Shu­ningdek, ichki ishlar organlari rahbarlari xodimlarning oila aʼzolari bilan muloqotda boʻlib, ularning iltimos va takliflarini tinglab, yashash sharoitlarini oʻrganishyapti. Bularning barchasi koʻngillarni quvontiruvchi ezgu amallardir.

Viloyat IIB JXX YHXB videokuzatuv guruhi kichik ins­pektor-operatori, safdor Mirjahon Nurmatov ham oʻziga koʻrsatilgan yordamdan minnatdor. Turmush oʻrtogʻining jarrohlik amaliyoti uchun unga mablagʻ zarur edi. Endilikda mushkuli oson, muammosi hal boʻldi. 

Kattaqoʻrgʻon shahrining Bunyodkor koʻchasidagi xonadonlardan birining eshigi taqilladi. Uni ochgan nuroniy avvaliga hayron boʻldi. Holidan xabar olish uchun yoʻqlab kelishganini bilgach, yuzi yorishdi.

– Koʻngil soʻrab keladigan odam borligining oʻzi katta baxt ekan, – deydi isteʼfodagi serjant Mamarajab Hayitov quvonchini yashira olmay.Faxriy mehmonlar bilan suhbat chogʻida xizmat davridagi xotiralaridan soʻzlab berdi. Unga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar topshirishdi. Lekin eng qimmatlisi – mehr va eʼtibor ulashishdi. 

– Qaysi bir soha faxriysi yoki xodimining xonadoniga kirmaylik, chehrasida mamnunlik balqqanini koʻrdik. Ularni yoʻqlab borganimizdan kayfiyati koʻtarilib, ruhi tetiklashdi. Buni koʻrib oʻzimizning ham koʻngillarimiz shod boʻldi, – deydi viloyat IIB MMI va KBTX Ijtimoiy taʼminot guruhi katta inspektori, leytenant Alisher Hamroqulov.

 Ha, «Ijtimoiy himoya oyligi» nafaqat moddiy koʻmak koʻrsatiladigan, balki xodimlar va faxriylar qalbiga yorugʻlik, mehr va ishonch olib kirgan ezgu tadbirga aylandi.

Umida MAMADALIYEVA,

oʻz muxbirimiz.

Samarqand viloyati.