Namangan viloyati IIB YHXB boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi va haydovchilar oʻrtasida targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Aholiga yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya etish, transport vositalarini qarovsiz qoldirmaslik borasida soha vakillari tomonidan tushuntirishlar berilib, bukletlar tarqatildi.
Tadbirlarda jamoatchilik asosida mahalla raislari va deputatlar ham faol ishtirok etmoqda. Maktablarda va mahallalarda voyaga yetmaganlarga avtomashinani bermaslik mavzusiga eʼtibor qaratilyapti.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
“Postda” muxbiri.
Namangan viloyati.
