Qish faslining sovuq va izgʻirinli kunlarida Toshkent viloyati IIBB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan ham aholi gavjum joylarda targʻibot tadbirlari muntazam ravishda oʻtkazilib kelinmoqda.

Unga koʻra, yoʻllarda sodir etilayotgan koʻngilsizliklarning asl mohiyati harakat qatnashchilariga yetkazilib, yoʻlovchilar oʻlimga sabab boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalari aholi ishtirokida muhokama qilinmoqda.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad ham profilaktik suhbatlar tashkil etish orqali piyoda va haydovchilarning hushyorligini yanada kuchaytirishdan iboratdir.

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.