Denov tumani “Guliston” mahallasida yashovchi A.Xurramov (ism-sharifi oʻzgartirildi) oʻziga tegishli «Redmi 8» rusumli telefon apparatiga faollashtirilgan «telegramm» ijtimoiy tarmogʻidagi shaxsiy profili orqali aholi oʻrtasida vahima chiqarishga qaratilgan turli diniy materiallarni tarqatishga urinadi. Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan videomateriallarni virtual doʻstlariga ulashadi. Bir emas, bir nechta profil ochib, ular yordamida instagram sahifalarida ham kengroq ommani jalb qilishga harakat qiladi.
Uning gʻaraz niyati viloyat IIB TQX TQKB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fosh boʻldi. Yana A.Xurramovning uyali telefoni xotirasida diniy mazmunga ega 51 ta material saqlanib kelingani maʼlum boʻldi.
A.Xurramovning bu harakatlar qonunga xilof boʻlgani bois, holat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
Avaz RAHIMOV,
mayor.
Surxondaryo viloyati.
