Qashqadaryo viloyati IIBda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya – baxtu iqbolimiz” mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Shuhratjon Sotvoldiyev ochib, Bosh qomusimiz mustaqil davlatimiz, obod va farovon hayotimiz, huquq va erkinliklarimiz asosi boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Tantanali tadbirda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ijobiy natijalarga erishayotgan bir guruh xodimlar, shuningdek, soha faxriylariga “Oʻzbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Sodiq RAHIMOV,

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.