Poytaxt ichki ishlar organlari yosh xodimlari oʻrtasida “Konstitutsiya bilimdoni” bellashuvi boʻlib boʻtdi. Tanlov ikki bosqichda oʻtkazilib, dastlab ishtirokchilar “Qomusimiz – faxrimiz!” shartida ixtiyoriy raqam tanlab uning ortida yashiringan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalari toʻgʻrisida 5 tadan savollarga tezkorlik bilan javob berishdi.

Ishtirokchilar ikkinchi bosqich – “Tezkor savol-javob” shartida dunyoning boshqa davlatlari Konstitutsiyalari tarixi toʻgʻrisida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi. Qizgʻin va bahsli musobaqa yakuniga koʻra, faxrli birinchi oʻrinni va Respublika bosqichiga yoʻllanmani, leytenant Azizbek Yoqubjonov 2-oʻrinni safdor Ismatjon Ikramov, 3-oʻrinni, leytenant Al-Orifxoʻja Sayyid Aʼzamxon qoʻlga kiritdi.

Sarvar SOBIROV,

oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.