Viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari IIV Navoiy akademik litseyi oʻquvchilari uchun koʻrgazmali tadbir tashkil etishdi. Tadbirda malakali ekspertlar oʻquvchilarga soha faoliyati, kriminalistik sud dalillarini yigʻish, qayd qilish, tadqiq etish, jinoyatlarni fosh qilishda matematik va statistik metodlardan, hisoblash mashinalari, gazli xromatografiya, tele, radio, tasvir, yozuv, kompyuter vositalaridan keng foydalanish haqida gapirib berishdi. Shuningdek, yozuvni tekshirish, gumon qilinuvchining yuz qiyofasini guvohning soʻzlari asosida chizish, xilma-xil nusxalarni olish, kriminalistika texnikasi, qidiruv va tergov faoliyatida texnik vositalarlardan foydalanish boʻyicha tushunchalar berishdi.

Oʻquvchilarning mutaxassislarga bergan savollaridan shu sohaga qiziqib qolgani yaqqol bilinib turardi. Bu kabi tadbirlar oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasbga yoʻnaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.