Buxoro viloyati IIBda korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Maʼnaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti MMIX boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik A.Inomov, viloyat IIB oʻrinbosari, MM va KBTX boshligʻi, podpolkovnik U.Utayev hamda ishchi guruh aʼzolari, viloyat IIB MMI va KBTX shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Unda viloyat IIBda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tuzilgan ishchi guruhlarning faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun va davlatimiz rahbarining bu boradagi tegishli farmon hamda qarorlari talablarining ijrosi xususida soʻz yuritildi. Shuningdek, hududiy ichki ishlar organlarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi hamda koʻrsatmalari, mazkur yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar dasturining ijrosiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

F.USMONOV,

kapitan.

Buxoro viloyati.