“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida IIV Buxoro akademik litseyida tadbir oʻtkazildi. Mazkur tadbirda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi masʼullari ishtirok etib, korrupsiyaning turlari, unga qarshi kurashish, oʻquvchi va oʻqituvchilarda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish borasida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida qatnashchilarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan bukletlar tarqatildi.
S.BARNOYEV.
Buxoro viloyati.
