Hafta qahramoni
Joriy yilning 12 mart kuni “Namangan” YPX maskanida inspektorlar T.Z. va I.YU. haydovchi A.A. boshqaruvidagi avtomashinani toʻxtatadi. Haydovchi hayajonlanib, sarosimaga tushib qoladi. Inspektorlar esa salonni diqqat bilan tekshiradi. Ne ajabki, u yerdan 46 xil xorijiy dori vositalari chiqadi. Afsuski, ularning birortasini hujjati boʻlmaydi.
A.A. “masalani kelishib” hal qilishga urinish maqsadida otryad komandiri D.S.ga 1000 dollar pora taklif qiladi. D.S. esa A.A.ni bir necha marta ogohlantirdi: “Jinoyat qilyapsan, ogʻayni!” Ammo haydovchi “bahs” qilishda davom etdi. Tezkor tadbir tashkil qilinadi. A.A. D.S.ga 500 AQSH dollari miqdorida pora berishga uringan paytda qoʻlga olinadi. Ayni payda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tizimda vataniga va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishni oʻzining oliy burchi deb bilgan mana shunday xodimlar safi kengaysin deymiz.
