2023-yil 18-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor B. Mirzarahimov IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7531-harbiy qismda boʻldi. U muddatli harbiy xizmatchilar bilan batalʼon, guruh komandirlari tomonidan maxsus taktik tayyorgarlik, tibbiy tayyorgarlik hamda oʻq otish tayyorgarligi mashgʻulotlari oʻtkazilishini koʻzdan kechirdi. Shuningdek, harbiy qismning maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodida shaxsiy tarkibi bilan oʻtkazilgan amaliy tayyorgarlik mashgʻulotlarini ham kuzatdi.
Shundan soʻng mashgʻulot rahbarlari tomonidan qoʻriqlab borish boʻyicha barcha turdagi qorovullik jangovar xizmatiga jalb etiladigan harbiy xizmatchilarni jangovar xizmatga tanlash, tayyorlash, tayinlash jarayonlari bilan bogʻliq amaliy mashgʻulotlar saviyasini oshirish boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berdi. Qoʻmondon oʻrinbosari yosh askarlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida serjant va ofiserlarning masʼuliyatini oshirish kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Ilhom EGAMBERDIYEV,
serjant.
