Joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida oʻtkazilib kelinayotgan “Kasbiy tayyorgarlik” oyligi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV tomonidan ham bir qator maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.
Jumladan, yaqinda vazirlik xodimlari oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik sohaviy xizmatlari, oʻquv muassasalari, shahar va tuman IIBlardan tashkil topgan 12 ta jamoa ishtirok etdi.
Keskin va mursosasiz davom etgan musobaqa yakunlariga koʻra, 1-oʻrinni Qoraoʻzak tumani IIB, 2-oʻrinni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Qoraqalpoq Akademik liseyi hamda 3-oʻrinni Nukus shahar IIOFMB xodimlaridan tashkil topgan jamoa egalladi.
Musobaqa gʻoliblarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, polkovnik I.Axmedov qutlab, ularga diplom, medalʼ va esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdi.
Azamat PIRNIYAZOV,
“Postda” muxbiri.
