IIV “Dinamo” JTSJ Qashqadaryo viloyati Kengashning tavqimiy rejasiga asosan qoʻl jangi musobaqasi tashkil qilindi. Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar va harbiy qismlar jamoalari ishtirok etgan musobaqada DXX viloyat boshqarmasi xodimi, katta leytenant Murodjon Turugʻunov 62 kg, DXX viloyat boshqarmasi xodimi, kichik serjant Qurbonali Normurodov 67 kg, viloyat IIB xodimi, serjant Olimjon Normurodov 73 kg, viloyat IIB xodimi, kichik serjant Bexruz Usmonov 80 kg, viloyat IIB xodimi, serjant Jaxongir Muyitov 88 kg, viloyat IIB xodimi, serjant Botir Xoliyorov 97 kg, DXX viloyat boshqarmasi xodimi, 3- darajali serjant Sardor Najimov +97 kg vazn toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Umumjamoa hisobida esa 1-oʻrinni viloyat IIB jamoasi band etdi. Keyingi oʻrinlarni DXX viloyat boshqarmasi va IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7533-harbiy qism jamoasi egalladi.
Rasul Saidov,
podpolkovnik.
