Katta leytenant Teshaev Ulugʻbek Toʻlqin oʻgʻli 1997-yili Buxoro viloyatining Romitan tumanida tugʻilgan. 2020-yilda hozirgi Milliy gvardiya harbiy texnika institutini muvaffaqiyatli tamomlaydi.
Ilk xizmat faoliyatini mazkur yilda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan 7533-harbiy qism guruh komandiri lavozimida boshlagan yosh harbiy xizmatchi ustozlari yordamida kasb sir-asrorlarini mukammal egallaydi.
Hozirda ushbu harbiy qism jangovar xizmat faoliyati boʻlinmasi ofiseri lavozimida xizmat qilib kelayotgan lavhamiz qahramoni harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy intizomni mustahkamlash bilan birga, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini oshirishda ham oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.
Shuningdek, tinib-tinchimas Ulugʻbek Teshaev 2020-yilda oʻtkazilgan “Eng ilgʻor kasb mutaxassisi” koʻrik-tanlovining “Eng ilgʻor guruh komandiri” nominasiyasida ishtirok etib, Qurolli Kuchlar miqyosida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritadi.
Shu boisdan, katta leytenant Ulugʻbek Teshaevning ona yurtimiz osoyishtaligi yoʻlidagi mashaqqatli xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, kelgusi faoliyatida bundan-da, yuqori marralarni zabt etishini tilab qolamiz!
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
