Kapitan Jahongir Rajabov 1994-yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan. 2017-yilda Toshkent harbiy texnika institutini muvaffaqiyatli tamomlaydi.
Ilk xizmat faoliyatini 2017-yili IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent shahrida joylashgan 7531-harbiy qism guruh komandiri lavozimida boshlagan yosh harbiy xizmatchi kasb sir-asrorlarini mukammal egallab, hozirda mazkur harbiy qism jangovar xizmat faoliyati boʻlinmasi katta ofitseri lavozimida xizmat qilib kelmoqda.
Bundan tashqari, oʻzining harakatchanligi va tirishqoqligi bilan barchaga namuna boʻlib kelayotgan tinib-tinchimas bu yigit oʻziga berilgan topshiriqlarni ham jonkuyarlik bilan ado etmoqda. Shu bilan birga, shaxsiy tarkibning jangovar xizmat faoliyatini oshirishda ham oʻzining munosib hissasini qoʻshyapti.
Shuningdek, yosh harbiy xizmatchilarni ona Vatanga sadoqat va mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash hamda harbiy intizomni mustahkamlashda ham oʻzining fidoyiligi bilan harbiy qism qoʻmondonligiga yaqindan yordam berib kelayotir.
Shu sababli, faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan kapitan J. Rajabovning ona Vatanimiz osoyishtaligi yoʻlidagi mashaqqatli xizmatlari rahbariyat tomonidan ham munosib baholanib, koʻplab marotaba ragʻbatlantirib kelinmoqda.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
