Kichik serjant Husanov Oʻtkir Nazarovich 1992 yilning 31 yanvarida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tugʻilgan. 2010 yilda mazkur tumandagi Chorshanbi qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejini, 2020 yilda esa, IIV Akademiyasining Serjantlar tarkibini tayyorlash boʻyicha oliy kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Ilk xizmat faoliyatini 2020 yilning mart oyida viloyat IIB PPX va JTSB PPX bataloni saf boʻlinmalari ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishda obʼektlarni oʻrab olishni tashkillashtirish boʻlinmasi komandiri lavozimida boshlagan yosh xodim oʻtgan davr mobaynida soha sir-asrorlarini mukammal egallab, hozirgacha mazkur lavozimda samarali xizmat qilib kelayotir.
Shuningdek, tinib-tinchimas bu xodim oʻtgan yilning boshidan bugunga qadar, 245 nafar fuqaroning shaxsini aniqlash maqsadida hududiy tayanch punktlariga hamda jamoat joylarida mast holatda yurgan 38 nafar shaxslarni esa, viloyat Narkologiya dispanseriga olib bordi.
Bundan tashqari, karantin qoidalarini buzgan 90 nafarga yaqin fuqaroni aniqlash bilan birga, 2 ta jinoyatni ham “issiq izida” fosh etilishiga erishgan.
Shu sababli, faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan kichik serjant Oʻtkir Husanovning xizmatlari rahbariyat tomonidan ham ijobiy baholanib, bir necha marotaba ragʻbatlantirildi.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
