Mayor Mirzayev Said Husanboyevich 1985 yilda Fargʻona shahrida tugʻilgan. 2012 yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlaydi. 

Ilk xizmat faoliyatini 2012 yili IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent shahrida joylashgan 7534-harbiy qism guruh komandiri lavozimida boshlagan yosh harbiy xizmatchi kasb sir-asrorlarini mukammal egallab, hozirda Namangan viloyatidagi 7552-harbiy qism komandirining texnika va taʼminot boʻyicha oʻrinbosari lavozimida xizmat qilib kelmoqda.

Bundan tashqari, oʻzining harakatchanligi va tirishqoqligi bilan barchaga namuna boʻlib kelayotgan tinib-tinchimas bu yigit oʻziga berilgan topshiriqlarni ham jonkuyarlik bilan ado etmoqda. Shu bilan birga, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini oshirishda ham oʻzining munosib hissasini qoʻshyapti. 

Shuningdek, Said Mirzayev harbiy qismdagi mavjud qurol-aslaha va harbiy texnikalarni zamon talablari darajasida yangilash va ularga oʻz vaqtida texnik xizmat koʻrsatish ishlarida ham jonbozlik koʻrsatmoqda.

Shu sababli, faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan mayor S. Mirzayevning ona Vatanimiz osoyishtaligi yoʻlidagi mashaqqatli xizmatlari rahbariyat tomonidan ham munosib baholanib, koʻplab marotaba ragʻbatlantirib kelinmoqda. 

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.