Jazirama yozmi, qahraton qishmi – hech biri harakat xavfsizligi uchun jon kuydiradigan YPX inspektori, kichik serjant Botirali Quvonov xizmatiga taʼsir oʻtkazolmaydi. Binobarin, u bugun ham tongni Nurota tumanidagi 19-maktab joylashgan koʻchada qarshi oldi. Inspektor yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash barobarida, bolalarga koʻchaning qatnov qismini kesib oʻtishida koʻmaklashdi. Haydovchilarni esa ehtiyotkorlikka, hushyorlikka chaqirdi.
Bugungi qahramonimiz kichik serjant Botirali Quvonov ichki ishlar organlarida qariyb 19 yildan buyon, Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida esa 7 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Togʻli Nurota tumanida yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan “Diqqat, piyoda!”, “Tezlik”, “Harakat madaniyati” kabi targʻibot tadbirlarida faol qatnashib kelyapti.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
