Jizzax viloyati Zafarobod tumani IIB jinoyat qidiruv guruhi katta tezkor vakili, kapitan Abror Abdualimov 1992-yilda Zafarobod tumanida tugʻilgan. U ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2015-yilda boshlagan. Ayni vaqtda egallab turgan lavozimida 2020-yilning fevralidan buyon xizmat qilmoqda. Xizmat faoliyati davomida u koʻplab huquqbuzarlik va jinoyatlarni fosh etishga muvaffaq boʻlgan.

Chunonchi, Abror Abdualimov Zafarobod tumani “Tinchlik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi, fermer xoʻjaligi raisi Q.X.ning dala maydonidan 2 dona suv nasosi oʻgʻirlanishi bilan bogʻliq jinoyatni fosh qildi. Mazkur qonunbuzarlik Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Fargʻona shaharcha fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi A.I. tomonidan sodir etilgan ekan.

Qoʻshimcha surishtiruv davomida ushbu shaxs 2021-yilning 24-noyabrida Yoʻldosh Oxunboboev nomidagi suv isteʼmolchilar uyushmasi tarkibidagi fermer xoʻjaligi dalasidan tomchilatib sugʻorish moslamasi va suv nasosini oʻgʻirlaganligini tan oldi. U nasosni Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanida yashovchi H.M.ga 6 million soʻmga sotib yuborganligini bildirgan.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.