Kapitan Nuriddin Ismoilov 1988 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2011 yilda Toshkent Arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasi 5-bataloni 2-otryadida boshlagan. Keyinchalik Mirzo Ulugʻbek tumani IIB HPB profilaktika inspektori lavozimiga oʻtkazilgan.

Doimo oʻz ustida ishlaydigan, izlanuvchan, tashabbuskor hamda hamkasblariga oʻrnak boʻlgan xodimning mehnatlari eʼtirof etilib, yosh boʻlsa-da, Mirzo Ulugʻbek tumani IIOFMB Tashkiliy boʻlim boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek u bilimdonligi va zukkoligi natijasida bir qator yutuqlarga ham erishib kelmoqda. Xususan, Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻtkazilgan tanlovda “Yilning eng namunali tashkiliy boʻlim xodimi” nominatsiyasida ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlangan. Fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibi hamda xavfsizligini taʼminlashda oʻzining fidokorona xizmatlari uchun qahramonimizga Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi tomonidan tashakkurnoma eʼlon qilingan. Bundan tashqari, bir necha marotaba faxriy yorliqlar olishga ham muvaffaq boʻlgan.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.