Qahramonimiz Fargʻona viloyatining Rishton tumanida tugʻilib oʻsgan. Fargʻona davlat universitetida tahsil olgan.
Ichki ishlar organlaridagi xizmatini 2015 yilda boshlagan F.Salomov 2017 yildan buyon Soʻx tumanida faoliyat koʻrsatmoqda.
U ayni paytda tumandagi “Yangiariq” mahalla fuqarolar yigʻini hududida xizmat olib borish bilan bir qatorda profilaktika katta inspektori vazifasini ham oʻtaydi.
Katta leytenant Feruz Salomov jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilganlarini issiq izida fosh etishda ancha faol.
Masalan, yaqinda u jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boʻlinmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻz uyida ogʻu saqlab kelayotgan fuqaroni fosh etdi. Tumanning Oftobroʻ mahallasida yashovchi K.I. ismli shaxsning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida oʻtkir hidli, yashil tusli modda borligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan ekspertiza xulosasiga koʻra fuqaroning uyidan topilgan modda marixuana ekanligi oʻz tasdigʻini topdi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
