1993-yilda Namangan viloyati Chust tumanida tavallud topgan. 2018-yili Namangan muhandislik-qurilish institutini tamomlagan. Boburjon Rahmonov ichki ishlar sohasida ishlashni yoshligidan orzu qilgan edi. Hozirda Chust tumani Varzik qishlogʻi “Maydon” MFY profilaktika inspektori. Mazkur mahallada 3190 nafar aholi istiqomat qiladi. Qahramonimiz mahalla doimo tinch va osuda boʻlishi uchun sira mehnatdan qochmaydi. Mahalla raisi Mirzohid Kalonov bilan hamkorlikda koʻplab ijobiy ishlarni bajarib kelmoqda. Mahallada zoʻravonlikka uchragan 8 nafar ayolga “himoya orderi” berilishi natijasida 5 ta oila yarashtirildi. 2 ta oilalarning notinchligiga barham berildi. 1 ta oila ajralishining oldi olindi. 

Faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan leytenantga biriktirilgan mahallada joriy yildan hozirgi kunga qadar birorta ham jinoyat sodir etilmagani va jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmagani uchun Chust tuman xokimi va tuman IIB rahbari tomonidan ragʻbatlantirilgan.

 Feruza OTAXONOVA,

 “Postda” muxbiri.

Namangan viloyati.