M.Abdurahmanov Andijon davlat universitetini tamomlagach, 2019 yilda ichki ishlar organiga xizmatga qabul qilingan. Ayni paytda u Ulugʻnor tumanidagi 4 mingdan ziyod fuqarolar istiqomat qiladigan Bobur nomidagi mahallada profilaktika inspektori sifatida faoliyat olib bormoqda.
...Tadbirkor M.B.ning uyidan «Neksiya-3» avtomashinasiga tegishli 4 ta yangi pokrishka, ikkita akkumulyator va suv nasosi oʻgʻirlab ketildi. U profilaktika inspektori, leytenant Maribjon Abdurahmanovga yordam soʻrab, murojaat qildi. Profilaktika inspektori tegishli surishgtiruv ishlarini olib borgach, oʻgʻirlikni fuqaro I.A. sodir etgan, degan xulosaga keldi. Chunki jinoyat sodir etilgan kunda fuqaro M.B.ning uyida taʼmirlash ishlarini olib borayotgan gumonlanuvchining erta tongda Namanganga ketish taksi yollagani maʼlum boʻldi. Taksi haydovchisi uning avtomashina yukxonasiga pokrishka va akkumulyatorlarni joylaganini aytdi.
Maʼlum boʻlishicha, I.A. taʼmirlash ishlari chogʻida uy bekasining uyidagi bostirmada pokrishka va akkumulyatorlar, suv nasosi saqlanayotganini koʻrib, ularni koʻz ostiga olib qoʻyadi. Soʻngra yarim tunda ularni aravaga ortib, tashqariga olib chiqadi, tongda esa Namangandagi avtomobilʼ bozoriga olib borib, sotib yuboradi...
Boris KLEYMAN,
“Na postu” muxbiri.
Andijon viloyati.
