1997-yil 14-iyunda Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida tugʻilgan. IIV Akademiyasi tamomlagan. Toshkent shahar IIBB Bektemir tumani IIOFMB 2-sonli IIB XPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori vazifasida ishlab kelmoqda. U “Iqbol”, “Zilola”, “Chashma”, “Gulbogʻ”, “Abay” mahalla fuqarolar yigʻiniga xizmat koʻrsatadi. Joriy yil boshidan buyon bugungi kunga qadar tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 25 nafar xotin-qizga himoya orderi rasmiylashtirgan.
Bundan tashqari, leytenant S.Rahmonovaning oʻz xizmat vazifasiga fidoyilik bilan yondashuvi sababli joriy yilda 12 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga moddiy yordam berish, 6 nafarining bandligini taʼminlash, 7 nafar davolanishga muhtoj xotin-kizlarni tibbiyot muassasalariga yotqizish, 2 nafarining tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrdi.
Leytenant Sobira Rahmonova oʻzining harakatchanligi va tirishqoqligi bilan barchaga namuna boʻladigan xodimlardan. Zimmasidagi topshiriqlarni jonkuyarlik bilan ado etadi. Tashkiliy ishlarda faol ishtirok etadi. Yaqinda “Yil ayoli” milliy tanlovining tumanlararo bosqichida qatnashib, “Yilning eng vatanparvar ayoli” nominasiyasi boʻyicha taqdirlandi.
Faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan leytenant Sobira Rahmonovaning ona Vatanimiz osoyishtaligi yoʻlidagi mashaqqatli xizmatlari rahbariyat tomonidan ham munosib baholanib, bir necha bor ragʻbatlantirilgan.
Adolat FAYZIEVA,
“Postda” muxbiri.
