Odiljon Dehqonov 1986-yilda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan. Ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 2008 yilda boshlagan.

Ayni paytda Fargʻona viloyati IIB 1-mintaqaviy hudud 1-otryad 3-safarbarlik guruhida YPX inspektori vazifasida ishlamoqda.

Safdor Odiljon Dehqonov 2022-yil 2-yanvar kuni Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani hududida xizmat olib borayotgan edi. Ushbu jarayonda “Spark” rusumli avtomobilʼ qoidabuzarlik sodir etib kelayotganini koʻrdi va uni toʻxtatdi. Haydovchining hujjatlarini koʻzdan kechirayotganida u oʻzini shubhali tuta boshladi. Buni sezgan inspektor haydovchining maʼlumotlarini planshet yordamida maxsus dastur orqali tekshirib koʻrishga qaror qildi. Haydovchi bekorga bezovtalanmagan ekan. Ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, qidiruvda ekanligi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi D.X. tuman IIBga topshirildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.