1989-yil Namangan viloyatining Namangan tumanida tugʻilgan. 2011-yili IIV Akademiyasi Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kursida oʻqigan. Ayni paytda Namangan viloyati IIB PPX va JTSB Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimida instruktor kinolog lavozimida xizmat qilib kelmoqda.
Serjant Tohirjon Tursunov viloyat miqyosida profilaktik tadbirlarda oʻzining sodiq koʻmakchisi “Rif” laqabli xizmat iti bilan birga faol ishtirok etyapti. U jamoat xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni samarali tashkil etishga katta hissa qoʻshmoqda. Xususan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 20 dan ortiq ommaviy tadbirlar chogʻida jamoat tartibi va fuqarolar havfsizligini taʼminlash borasida jonbozlik koʻrsatdi. Shuningdek, 3 ta oʻgʻirlik hamda 1 ta giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatning “issiq izidan” ochilishida koʻmaklashdi.
Hozirgi kunda viloyat IIB PPX va JTSB Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi Xizmat itlarini saqlash pitomnigida kichik inspektor-kinologlarning bilim saviyasini oshirish, xizmat itlarining koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan oʻquv-amaliy mashgʻulotlarda oʻz bilim va tajribalarini yosh xodimlarga oʻrgatmoqda.
Serjant Tohirjon Tursunov xizmatda yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi sababli rahbariyat tomonidan bir necha marotaba ragʻbatlantirilgan.
Adolat FAYZIEVA,
«Postda» muxbiri.
