Podpolkovnik Gulnur Abilqasimova 1983 yilda Nukus shahrida tugʻilgan. 2004 yili IIV Akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Ichki ishlar organlaridagi ilk xizmat faoliyatini 2004 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimida inspektor lavozimida boshlagan. Shundan soʻng mazkur boʻlim katta inspektori hamda boʻlinma boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ayni paytda esa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining boʻlinma boshligʻi lavozimida xizmat olib bormoqda.

U oʻtgan 16 yillik faoliyati davomida fuqarolarning oʻz vaqtida pasport olishi hamda pasport rejimiga amal qilishi yuzasidan oʻtkazilayotgan tadbirlarda ham faol ishtirok etib kelayotir. Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash va ularni imkon darajasida ijobiy hal etilishida ham munosib hissa qoʻshmoqda.

Uning ana shunday xizmatlari rahbariyat tomonidan ham eʼtirof etilib, koʻplab marotaba ragʻbatlantirib kelinyapti. Xususan, 2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasi IIVning «Aʼlo xizmatlari uchun» koʻkrak nishoniga sazovor boʻlishi ham shular jumlasidandir. 

Azamat PIRNIYAZOV,

«Postda» muxbiri.