Beshariq tumani IIB HPB profilaktika katta inspektorlari, kapitan Sherzod Toshtemirov hamda katta leytenant Inomjon Nuraliev oʻgʻrini jinoyati ustida qoʻlga olishdi. Bu haqida viloyat IIB Axborot xizmat xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, kapitan Sherzod Toshtemirov hamda katta leytenant Inomjon Nuraliev shu yilning 12 -avgust kuni tungi xizmatga jalb etilgan. Soat 02:00 lar atrofida ular “Fayzabod” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan kompyuter vositalari va telefon apparatlari sotishga moʻljallangan savdo doʻkoni yonidan oʻtishayotganda gʻalati ovozlarni eshitishgan. Tezda oʻsha yerga yetib borgan osoyishtalik posbonlari nomaʼlum shaxs oynani sindirish yoʻli bilan doʻkonga kirib, oʻgʻirlik qilayotganidan xabar topishdi. Shu atrofda xizmat qilayotgan PPX xodimlari hamrohligida gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
