IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda shaxsiy tarkibning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Qarshi harbiy sud raisi U.Shokirov, Qarshi harbiy prokurori J.Ashurov, harbiy qism komandiri, polkovnik J.Sagʻdullayev qatnashgan yigʻilishda korrupsion holatlarga qoʻl urmaslik, onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar oʻynamaslik, xizmat vazifasiga kirmaydigan hamda noqonuniy boshqa ishlarga aralashmaslik uqtirildi. Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarga salbiy holatlar uchun belgilangan jazo turlari va boshqa qonuniy javobgarliklar xususida tushunchalar berildi.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
